Emal PF-181

Emal PF-181

Qo’llanilish doirasi:

Bu mahsulot gruntlangan metal, yog’och va tashqi ta’sirga chidamsiz boshqa yuzalarni hamda bino ichini bo’yashga mo’ljallangan.


Qo’llanilish obyekti:

Tashqarida va bino ichkarisida qo’llaniladigan jihoz va obyektlarni bo’yashda ishlatiladi.


Ranglar:

Buyurtma asosida - istalgan rang

Sarf: metalga 250-300 gr/m2 , silliqlangan (randalangan) yog’ochga 250-300 gr/m2 qo’llanish usuliga qarab.


Og’irligi: 0.8 kg, 2.7 kg, 3 kg.


Qo’llanilish uslubi: Kist, valik yoki purkagich yordamida bo’yaladi. Zarur hollarda hajmiga qarab 5-15% gacha suyultirish mumkin. Purkash yo’li bilan bo’yalganda qurigan bo’yoq qalinligi bitta qatlam uchun 40 mkm dan oshmasligi lozim.


Tashqi ta’sirga chidamlilik: Dengiz va ishlab chiqarish muhitiga ham yaxshi chidaydi.


Saqlash usuli: Havo darajasi past bo’lganda saqlash va olib yurishga chidamli.

Ishlov berish shartlari

Bo’yaladigan yuza quruq bo’lishi kerak. Havo va bo’yaladigan yuza harorati +5˚C dan yuqori bo’lishi va havo namligi 80%dan past bo’lishi kerak.

Tayyorgarlik

Bo’yalmagan yuza:

Yuzani chang, zang va boshqa kirlanishlardan hamda tozalash lozim. Yog’ochli yuzalarni yog’och tolali va yog’och qirindili plitalar bilan gruntlang (ishlov berish), po’lat va rux qoplangan yuzalarni zanglash (yemirilish)ga qarshi gruntlang. Alyumin yuzalarni esa gruntlashdan oldin qum qog’oz bilan ishlov bering.

Oldin bo’yalgan yuza:

Bino ichkarisidagi yuzalarni bo’yashdan oldin ularni tozalash vositasi bilan yuving, keyin suv bilan yaxshilab yuving va quriting. Ko’chib tushayotgan bo’yoqni kurakcha bilan ko’chiring, butun yuzani sillqlab chiqing. Silliqlashdan hosil bo’lgan changni tozalang. Zarur bo’lsa yaroqsiz holatdagi yog’ochli yuzani gruntlang. Chuqurcha va notekisliklarni alkidli shplaklyovka bilan to’g’rilab chiqing. Yorqin qizil va yorqin sariq rang (koler) aralashtirilganda yuzaga yaxshilab sayqal berish zarur.

Bo’yash

Bo’yoqni ishlatishdan oldin aralashtiring. Zarur hollarda kistda bo’yash uchun “vayt-spirit” bilan, purkach uchun esa eritma bilan aralshtiring. Bo’yoqni kist, valik yoki purkagich yordamida 1-2 qavat qilib bo’yang.