Interyer uchun akril bo’yoq

Interyer uchun akril bo’yoq

Qo’llanilish doirasi:

Quruq va nam binolar ( hammomdan tashqari), shuningdek, doimiy foydalaniladigan binolar (oshxona, taomgoh, vestibyul, korridor, jamat va savdo-sotiq joylari), tez-tez tozalanishi kerak bo’lgan betonli, g’ishtli, shuvalgan, shpatlyovka qilingan yuzali, gipsakortonli, tolasimon va shishasimon oboyli, yog’och qirindili va yog’och tolali binolarning devor va potoloklari uchun mo’ljallangan.


Qo’llanilish obyekti :

Quruq va nam binolar ( hammomdan tashqari), shuningdek, doimiy foydalaniladigan binolar (oshxona, taomgoh, vestibyul, korridor, jamat va savdo-sotiq joylari)ning devor va potoliklarida qo’llanadi.


Ranglar:

Istalgan rang - istalgan rang

Sarf: Yuzaning o’ziga singdirib olish xususiyatiga qarab 12m2/l gacha.


Og’irligi: 14 kg.


Qo’llash usuli: Valik, kist va purkagich yordamida.


Qurish vaqti: Havo harorati 20±2˚C va havo namligi 65±5% bo’lganda keyingi qavat surtilguniga qadar 1,5 soat. 4 haftadan so’ng kerakli darajada qotadi.


Saqlash: Sovuqdan saqlang. Yaxshilab yopilgan holatda 5˚C dan yuqori haroratda, namlik, issiqlik va quyosh nurlari to’g’ri tushishidan saqlansin va olib yurilsin.

Ishlov berish shartlari

Bo’yaladigan yuza toza va quruq bo’lishi kerak. Havo harorati +5˚C dan yuqori, havo namligi 80% dan yuqori bo’lmasligi kerak. Yorqin quyosh nurlari ostida bo’yamang.

Tayyorgarlik

Bo’yalmagan yuza:

Yuzani kir, chang va yog’lardan tozalang. Singdirib oluvchi va g’ovak yuzalarni gruntlab chiqish tavsiya etiladi. Normal yoki yuqori namlikdagi binolarda notekislik va kamchiliklarni shpatlyovka qiling. Butun yuzani shpatlovkfa qilishda gruntlash shart emas. Gruntlash g’ovak yoki quruq qurilish materialari bilan shpatlyokalangan yuzalardagina zarur.

Oldin bo’yalgan yuza:

Oldin bo’yalgan yuzadan ko’chib tushayotgan bo’yoqni ko’chiring va butun yuzaga ishlov bering, changni tozalang. Mog’orlagan joylarni maxsus vosita bilan tozalang. Mel yoki ohak bilan oqlangan qavatni butunlay tozalang, yuzani tozalash vositasi bilan yuving, keyin suv bilan yaxshilab yuvib chiqing va quriting. Normal yoki yuqori namlikdagi binolarda notekislik va kamchiliklarni shpatlyovka qiling. Quriganidan so’ng yuzaga ishlov bering, changni tozalang, gruntlab chiqing.

Bo’yash

Bo’yoqni ishlatishdan oldin aralashtiring, zarur bo’lsa suv bilan suyultiring: kist va valik bilan surtilganda halmiga qarab 5% dan, purkagich bilan purkalsa 10% dan oshmasligi lozim. Har xil rang bo’lib qolmasligi uchun bo’yoqni bir martada surtib chiqing. Bo’yoqni ikki qavat qilib surting.